Toshkent shahar Yunusobod tuman 327-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

“Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich apellyatsiya natijalari ma’lum qilindi

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning fevral oyida mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Unda tanlovning dastlabki bosqichi natijalariga ko‘ra saralab olingan 624 nafar pedagog ishtirok etdi. Mazkur bosqichda nomzodlarning o‘z fanidan dars o‘tish mahorati belgilangan mezonlar asosida baholandi. Jumladan:
➖hakamlar hay’ati tomonidan — 60 ballik tizimda;
➖tegishli tuman (shahar)da faoliyat yurituvchi pedagoglar tomonidan (ovoz berish orqali) — 40 ballik tizimda baholash amalga oshirildi.
Tanlov ishtirokchilarining ochiq darslari bo‘yicha qo‘yilgan baholar yuzasidan kelib tushgan apellyatsiya murojaatlari joriy yilning 5-mart sanasidan boshlab 3 (uch) ish kuni davomida qabul qilindi.
Apellyatsiya komissiyasi qarorlari pedagog.uzedu.uz maxsus platformadagi shaxsiy kabinetlari orqali nomzodlarga yetkazildi.
Tanlovning uchinchi bosqichini o‘tkazish muddatlari va shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar vazirlikning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e'lon qilinadi.

Смотреть все