Bugun maktabimizda Ijtimoiy fanlar metodbirlashma a’zolari hamda yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya- baxtimiz qomusi" deb nomlangan katta tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o'quvchilar yod olgan she'r va vatan haqida qo'shiqlar ijro etdilar. Yuqori sinf o'quvchilari esa inson va fuqarolarning huquq va burchlari, erkinliklari haqida Konstitutsiya moddalaridan namuna keltirdilar. Sahna ko'rinishi va raqslar tadbirga o'zgacha shukuh bag'sh etdi. Tadbirda mehmon bb ishtirok etgan O'z. Davlat san’at instituti harbiy orkestri ijrosidagi jonli ijro tadbir qatnashchilarini olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Tadbir so‘nggida maktabimiz rahbari so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan katta islohotlar hamda Konstitutsiyamizning hayotimizda tutgan o'rni haqida fikr bildirib o‘tdilar.