Mehrli qalblarni yaratish uchun avvalambor yosh avlodni shu ruhda tarbiyalash kerak. Ularda shu kabi tuyg'ularni shakllantirish uchun esa kattalar o'rnak bo'lishi lozim. Shu sababdan 3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan maktab direktori Y.X.Yuldashev va direktor o'rinbosari D.T.Sadikova Xasanboy va Tiklanish MFY hududida yashovchi o'quvchilar uylariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olishdi. Uyda ta'lim olayotgan o'quvchilarga ma'muriyat tomonidan o'quv qurollari sovg'a qilindi.