Kitob bu bilimlar olami, dunyoning kaliti, ilmning cho'qqisi deb bekorga aytilmaydi. Yosh avlodni kitobga mehrli qilib tarbiyalash hozirgi kunning asosiy masalasi bo'lib kelmoqda. O'quvchilarni kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish maqsadida bugun Yunusobod tumanidagi 327-sonli umumta'lim maktabida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Bu yarmarkada qiziqarli, fanga oid, ertak kitoblari jamlanmalari taqdim etildi. Har bir o'quvchi o'zining qiziqishlaridan kelib chiqib kitoblar xarid qilishdi.