"Kitobxonlik haftaligi" doirasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini
2023-yil 10-aprel kuni "Kitobxonlik haftaligi-2023" doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari sayyor tadbir o‘tkazdilar. Navbatdagi tashrif Yunusobod tumanidagi 327-umumta'lim maktabiga amalga oshirildi. Kutubxona mutaxassislari o‘quvchilar bilan adabiyot, tarix, matematika sohalari hamda mantiqiy savollar bo‘yicha “ZAKOVAT” intellektual o‘yini o‘tkazdilar. G‘olib jamoalar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi sovg‘alari bilan taqdirlandilar.