Yunusobod tumanidagi 327-sonli umumta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining 33 yilligiga bag'ishlab o'quvchilar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
Bahs-munozaralarga boy kechgan bilimlar sinovi yakuniga ko'ra, 240-maktab o'quvchilari faxrli birinchi o'rinni egalladi. Keyingi pog'onalardan 327- hamda 72-maktab jamoalari joy olishdi.