Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda Agrobank rahbariyati vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda taʼlim sohasi xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.
➖ Taʼkidlanganidek, oʻzaro kelishuv doirasida vazirlik tizimidagi pedagoglar uchun bank tomonidan kredit mahsulotlari, bank kartalari va kundalik bank xizmatlari boʻyicha qulay, imtiyozli va moslashtirilgan moliyaviy xizmatlar taqdim etiladi.
➖ Ushbu imkoniyatlar taʼlim sohasi vakillarining moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash orqali taʼlim sifatini oshirishga munosib hissa qoʻshishi bilan ahamiyatlidir.