Toshkent shahar Yunusobod tuman 327-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

“Eng yaxshi huquq fani o‘qituvchisi” Respublika ko'rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi


Toshkent shahar Adliya boshqarmasida umumtaʼlim maktablarining huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi huquq fani o‘qituvchisi” Respublika ko'rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Unda tuman bosqichlarida saralangan 36 nafar ishtirokchi ikki shart asosida bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Sergeli tumani 6-maktab oʻqituvchisi Gulnora Mambetova faxrli birinchi o'rinni egalladi. Yakkasaroy tumani 91-maktab oʻqituvchisi Malika Shermatova 2 -, Yunusobod tumani 265-maktab oʻqituvchisi Otabek Orziyev 3 – pog'onani band etishdi. Endi ular tanlovning Respublika bosqichida Toshkent shahri sharafini himoya qiladilar. 

Ma'lumot uchun, tanlovning Respublika bosqichi g’oliblari quyidagicha mukofotlanadi:
1- o‘rin - 30 000 000 so‘m;
2- o‘rin — 20 000 000 so‘m;
3- o‘rin - 10 000 000 so‘m.



Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati


Смотреть все