Toshkent shahar Yunusobod tuman 327-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Italiyaning Perudja universiteti prezidenti Valerio De Chezaris bilan uchrashdi


Muloqot davomida vazirlik va ushbu taʼlim maskani oʻrtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

➖ Kelishuv hujjatida:

➖ Oʻzbekistondagi taʼlim muassasalariga yuqori malakali italyan tili oʻqituvchilarini jalb qilish;

➖ oʻzbek oʻquvchilari uchun italyan tilini oʻrganish boʻyicha stipendiya dasturlarini kengaytirish, qisqa muddatli til kurslari va raqamli taʼlim platformalaridan foydalanish;

➖ maktablar uchun italyan tilini oʻqitish dasturlarini birgalikda ishlab chiqish va oʻquv materiallari bilan taʼminlash;

➖ pedagoglar uchun Italiyada yozgi malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, Oʻzbekistonda italyan mutaxassislari tomonidan seminar va mahorat darslarini oʻtkazish masalalari oʻrin olgan.

Aytish lozimki, ushbu kelishuv yurtimizda taʼlim sifatini oshirish doirasida xalqaro tajribani joriy etish va oʻqituvchilar salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim qadamdir.


Смотреть все