Toshkent shahar Yunusobod tuman 327-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Deputat tomonidan umumta’lim maktabi o‘rganildi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi Fazilov Ravshan Abdulxayyevich Yunusobod tumanidagi 327-sonli umumta’lim maktabi faoliyatini o‘rgandi. Uchrashuv jarayonida O’zLiDeP Yunusobod tuman  Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ashrapova Iqborxon Kutbitdinovna ham ishtirok etdi.
Jumladan, har bir sinf zamonaviy tarzda jihozlangan. O‘quvchilar sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha qulayliklar mavjud. Shuningdek, maktab issiqlik tizimi, davr talabi bo‘lgan zamonaviy kompyuterlar, zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Maktab to‘liq jihozlangan bo‘lib, uning qoshida 3-6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘qitadigan markaz tashkil qilingan. O‘rganish jarayonida, deputat maktab hududida qurilishi rejalashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi loyihasi bilan tanishdi.
Maktab jamoasi bilan kechgan samimiy suhbatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash borasidagi takliflar o‘rganildi. 
Deputat maktab faoliyatni o‘rganish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi. Darhaqiqat, yurtimizda ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi prinsipiga asoslanadi. “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan ulug‘ g‘oya asosida mamlakatimizda maktab ta’limini umummiliy harakatga aylantirish bo‘yicha boshlangan ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Izchil islohotlar maktablarimizni nafaqat ta’lim beradigan maskan, balki farzandlarimizga kasb-hunar o‘rgatuvchi dargohga aylantirib bormoqda.




Смотреть все