1-yarim yillik
1. Hunarmandchilikning turlari qancha?
A) 50-60 ta
B) 80-100 ta
S) 110-120 ta
D) 150 dan ortiq
2. Xalq hunarmandchiligi bo’yicha qizlar o’rganishi qulay bo’lgan sohalarni ko’rsating?
A) oshpazlik, gilamchilik, kashtachilik, o’ymakorlik
B) yog’ochga va metallarga ishlov berish
S) gilamchilik, kashtachilik, chopon tikish, tikuvchilik
D) do’ppi tikish, oshpazlik, dehqonchilik
3. Zardo’zlikda ishlatiladigan metallarga qaysilar kiradi?
A) oltin, kumush, platina
B) palladiy, iridiy
S) rutiy va osmiy
D) barcha javoblar to’g’ri
4. Zardo’zlik toshlari qanday maqsadlarda ishlatiladi?
A) savdo-sotiq maqsadlarida
B) buyumlarni zebu-ziynat va taqinchoqlar bilan bezatishda
S) kashtalarni bezatishda
D) kiyimlarni bezatishda
5. Zardo’zlik toshlari necha guruhga bo’linadi?
A) 4 guruhga
B) 3 guruhga
S) 2 guruhga
D) 5 guruhga
6. “Kompozisiya” so’zi qanday ma’noni bildiradi?
A) inglizcha “Kompozito” so’zidan olingan bo’lib, tuzmoq, joylamoq ma’nosini bildiradi.
B) fransuzcha “Kompozito” so’zidan olingan bo’lib, tuzmoq, joylamoq ma’nosini bildiradi.
S) yunoncha “Kompozito” so’zidan olingan bo’lib, tuzmoq, joylamoq ma’nosini bildiradi.
D) lotincha “Kompozito” so’zidan olingan bo’lib, tuzmoq, joylamoq ma’nosini bildiradi.
7. ”Iroqi do’ppi” guli qanday chok bilan tikiladi?
A) bosma chok
B) sanama tekis chok
S) zanjir chok
D) bezak chok
8. Do’ppi tikish uchun kerakli asbob uskunalarni toping
A) qaychi, nina, ip, angishvona, gazmol yelimi, ipaklar
B) qaychi, angishvona, ip
S) gazmol yelimi, rangli iplar
D) nina, ip, qaychi
9. Kashta tikishda qanday maxsus gazlamadan foydalaniladi?
A) chit
B) shoyi
S) atlas
D) maxsus kanva
10. Har bir xalqning kashtado’zlikda qanday uslublari mavjud?
A) o’z an’analari, badiiy uslublari
B) ko’rsatmalari
S) namunalari
D) chizmalari
11. O’zbekistonda sanama kashtachilikning qanday turi ko’p tarqalgan?
A) arqon
B) bo’z shakli
S) salqi
D) iroqi
12. Kashta tikishdan avval in, nina nimaga qarab tanlanadi?
A) kashta turiga
B) qalin-yupqaligiga, kashta turiga
S) badiiy ish uslubiga
D) andozasiga
13. Qadimgi so’zana, choyshab, zardevor kabi bezak buyumlar qanday gazlamalarga tikilgan?
A) baxmal, shoyi
B) satin
S) chit
D) yupqa gazlama
14. Ishlab chiqarishning nechta zamonaviy bosqichi bor?
A) 4 ta
B) 2 ta
S) 3 ta
D) 5 ta
15. Gazlama qanday hosil bo’ladi?
A) ko’ndalang va bo’ylama iplardan
B) tanda va arqoq iplardan
S) o’zaro perpendikulyar iplar sistemasining o’rilishidan
D) to’g’ri javob berilmagan
16. Qanday gazlama xom gazlama deyiladi ?
A) to’quv dastgohidan olingan gazlama
B) pardozlanmagan gazlama
S) ishlov berilmagan gazlama
D) barcha javoblar to’g’ri
17. Gazlamalarni pardozlashdan maqsad......
A) chiroyli ko’rinishi uchun
B) ularning xossalarini yaxshilash, ko’rkamlashtirish va ularga tovar ko’rinishini berish uchun
S) ularning xossalarini yaxshilash uchun
D) pishiqligini oshirish uchun
18. Ip gazlamalarni pardozlashda asosiy operasiyalarni toping
A) tuk kuydirish, ohorini yuvish
B) qaynatish, oqartirish, tuk chiqarish
S) gul bosish va yakunlovchi pardozlash
D) barcha javoblar to’g’ri
19. “Standartlash” so’zining ma’nosini toping
A) “standart”yunoncha so’z bo’lib, andoza, me’yor
B) “standart” lotincha so’z bo’lib, andoza, me’yor
S) “standart” inglizcha so’z bo’lib, andoza, me’yor
D) “standart” fransuzcha so’z bo’lib, andoza, me’yor
20. Davlat standartlari qaysi sohalarga qo’yiladi?
A) savdo sohasiga
B) kiyimlarga
S) ta’lim sohasiga
D) barcha tashkilot va korxonalar, muassasalarda qo’llash shart
21. Standartlash davlat tizimi nechta standart toifasidan iborat....................?
22. Qadimda paxta tolasi bilan mato to’qiydigan dastgohlar qayerda vujudga kelgan......?
23. Ishlab chiqarish korxonalariga sayohat necha bosqichda amalga oshiriladi............?
24. Bosh kiyimni tikish uchun qanday o’lchovdan foydalanamiz.........................?
25. Respublikamizning qaysi viloyati milliy zardo’zlik shahri hisoblanadi..........?
2-yarim yillik
1. Milliy boylik nima?
A) moddiy ne’matlar
B) tabiiy resurslar
S) yer osti qazilmalari
D) inson mehnati bilan yaratilgan barcha moddiy ne’matlar, tabiiy resurslar
2. Milliy daromad nechta fonddan iborat?
A) 2 ta
B) 3 ta
S) 4 ta
D) 5 ta
3. Ish haqi necha qismdan iborat?
A) 5 ta
B) 4 ta
S) 3 ta
D) 2 ta
4. Ish haqining qismlarini toping
A) asosiy ish haqi
B) mukofot tarzida
S) ortiqcha ishlaganlik uchun beriladigan pul
D) barcha javoblar to’g’ri
5. Respublikamizda mehnatga haq to’lashning nechta shakli mavjud?
A) shartnoma asosida
B) vaqtbay
S) ishbay-vaqtbay
D) ishbay
6. Ishlab chiqarishni rivojlantirishning qanday yo’llari bor?
A) 1 ta yo’li bor, ekstensiv
B) 1ta yo’li bor, intensiv
S) 2 ta yo’li bor, ekstensiv va intensiv
D) to’g’ri japvob yo’q
7. O’zbekiston Respublikasida nechanchi yil “Kichik biznes va tadbirkorlik” yili deb e’lon qilindi?
A) 2009 yil
B) 2011 yil
S) 2012 yil
D) 2013 yil
8. Vaqt me’yori bu.............................
A) bitta mahsulot tayyorlash uchun ketgan vaqt
B) operasiyalarni bajarish uchun ketgan vaqt
S) bitta mahsulot va bitta operasiyani bajarish uchun belgilangan vaqt
D) bitta detal uchun sarflangan vaqt
9. Vaqt me’yori qanday belgilanadi?
A) soat
B) daqiqa
S) sekundlar
D) barcha javoblar to’g’ri
10. Kasbga yo’naltirish qanday qismlardan iborat?
A) kasbiy mahorat, kasbiy maslahat
B) kasbiy tanlov va saralash
S) qiziqish ,mayl,qobiliyat
D) barcha javoblar to’g’ri
11. Kasb tanlashda qaysi asosiy qoidaga amal qilish lozim?
A) kerak, qo’limdan keladi, xohlayman qoidasiga
B) kerak, bilaman, qiziqaman qoidasiga
S) qiziqaman, xohlayman, bilaman qoidasiga
D) barcha javob to’g’ri
12. Kasb tanlashda shaxs uchun eng asosiy omil nima?
A) maslahat
B) intilish
S) ma’lumot
D) moddiy ta’minot
13. Texnik hujjatlarni tuzishda nimalarga ko’proq e’tibor qaratish kerak?
A) chizmaga
B) rasmlarga
S) tobora murakkab topshiriqlarga e’tibor qaratish kerak
D) yengil topshiriqlarni bajarishga e’tibor berish kerak.
14. Kasbiy ta’lim nima?
A) kasbiy o’quv muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim turi
B) maxsus, kasb-hunar o’quv muassasalaridagi ta’lim mazmuni
S) ma’lum yo’nalishdagi mutaxassisliklar va kasblar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallash
D) umumta’lim, o’rta-maxsus, oliy ta’lim, muassasalardagi ta’lim va tarbiya mazmuni
15. Kasb-hunar tanlashga ta’sir ko’rsatuvchi omillar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) bilish va bajarish
B) mehnat va ko’nikma
S) qobiliyat, bilim va maqsad
D) moyillik, qiziqish
16. O’quvchilar faoliyatiga kim rahbar hisoblanadi?
A) ota –ona
B) o’qituvchi pedagogklar
S) murabbiy ustozlar
D) barcha javoblar to’g’ri
17. Tabiatni muhofaza qilish uchun respublikamizda qanday jamg’arma faoliyat ko’rsatadi?
A) “Gren pease”
B) “Yunesko”
S) “Ekosan”
D) “Yunisef”
18. Odamning o’z kasbiga yaroqliligi necha xil darajada bo’ladi?
A) 5 xil
B) 1 xil
S) 3 xil
D) 4 xil
19. Kasblar bo’yicha konsultatsiyani qaysi mutaxassisdan olish mumkin?
A) injener, pedagog, rassos
B) shifokor, musiqachi, tikuvchi
S) psixologlar, pedagoglar
D) barcha javoblar to’g’ri
20. Kasb tanlashda asosiy rolni o’ynovchi “Mustahkam uchlik” mohiyatini nimalar ifodalaydi?
A) sog’lik, bilim, tanlagan kasbi
B) mahalla, oila, o’quvchi
S) davlat organlari, yoshlar
D) korxona-o’quv muassasasi-jamoatchilik
21. Qaysi shoirning asosiy kasbi zardo’zlik bo’lgan..........................?
22. “Inson ilm, hunar bilan ziynatlidir.Bularni o’rgatgan kishigina chinakam ustozdir ” Bu satrlarning muallifi kim.........................................?
23. Kasb-hunarga yo’naltirishni rivojlantirishning asosiy bosqichlari nechta.........?
24. Mehnat predmetiga qarab kasblar necha tipga bo’linadi..........................?
25. O’zbekiston fuqarolari necha yoshdan boshlab mehnatga yaroqli deb hisoblanadi....?