Toshkent shahar Yunusobod tuman 327-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

8-sinflarga Tarbiya fanidan nazorat ishi testlari

1. Tarbiya qancha mukammal bo’lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo’lishi uchun esa, bu masalada bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ushbu fikrlar kimga tegishli.
A) Sh.Mirziyoyev
B) I.Karimov
C) A.Avloniy
D) Maxmud Zamaxshariy
2. O’zbekistondagi Koreys madaniyati markazi rahbari kim?
A) Jon Pak
B) Vektor Pak
C) Belkin Pak
D) A.Poblik
3. O’zbekiston Respublikasida nechta diniy konfessiya vakillari istiqomat qilmoqda?
A) 16ta             
B) 17 ta             
C) 18 ta             
D) 19 ta
4. Qaysi bir millatning orasida birlik ko’tarilib, nifoq hukm surgan bo’lsa, ul qavmning inqiroz dunyosiga yuzlanganligi tarix sahifalaridan ma’lumdir. Ushbu fikrlar kimga tegishli?
A) Sh.Mirziyoyev
B) I.Karimov
C) A.Avloniy
D) Maxmud Zamaxshariy
5. Bugungi kunda yurtimizda nechta milliy madaniy markaz faoliyat yuritadi?
A) 138 ta  
B) 130 ta  
C) 120 ta   
D) 140 ta
6. Har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o’z shaxsiy manfaatlarini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo’lsa, jonini ham ayamasligi kerak. Inson oliy axloqiy sifatlariga, beg’arazlik, oliyjanoblik, vijdonlilik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo’lishi lozim. Ushbu fikr kimga tegishli?
A) Berdaq    
B) A.Fitrat   
C) A.Cho’lpon  
D) A.Avloniy
7. Yurtimizda J.Manguberdi tavalludining 800 yilligi qachon keng nishonlandi?
A) 1998-yil
B) 1999-yil
C) 2000-yil
D) 2001-yil
8. Xorazm viloyati qachon J.Manguberdi ordeni bilan mukofatlangan?  
A) 2003-yil
B) 2004-yil
C) 2005-yil
D) 2006-yil
9. ”Jaloliddin Manguberdi” ordeni qachon ta’sis etilgan?
A) 1998-yil 30-avgust
B) 1999-yil 30-avgust
C) 2000-yil 30-avgust
D) 2001-yil 30-avgust
10. Insonning burchi bo’lgan to’rt zarurat ado etilsa, vatanparvarlik  amalga oshadi. Bular qaysilari?
A) O’z oldidagi burchlari, oiladagi burchlari, davlat va o’zga odamlar oldidagi burchi;
B) O’z oldidagi burchlari, oiladagi burchlari, davlat va jamiyat oldidagi burchi;
C) O’z oldidagi burchlari, oiladagi burchlari, davlat va hokimiyat oldidagi burchi;
D) Farzandlar oldidagi burchlari, oiladagi burchlari, o’zga odamlar oldidagi burchi;
11. Adabiyotimiz, madaniyatimizni  rivojlanishi va uni jahon madaniyatida tutgan o’rnini xalqaro miqyosda keng targ’ib etishga katta hissa qo’shgan olima ayol kim?
A) Zulfiya Isroilova
B) Saida Zunnunova
C) Suyuma G’aniyeva
D) To’g’ri javob yo’q.
12. Atoqli adabiyotshunos olima, professor S. G’aniyeva  o’zbek mumtoz adabiyotiga oid qancha kitob yozgan?
A) 20 dan ortiq
B) 30 dan ortiq
C) 40 dan ortiq
D) 50 dan ortiq
13. O’zbek kinofilmi tomonidan suratga olingan "Yo’l” nomli hujjatli film kimning ijodiga bag’ishlangan?
A) Zulfiya Isroilova
B) Saida Zunnunova
C) Suyuma G’aniyeva
D) To’g’ri javob yo’q.
14. Adabiyotshunos olima S. G’aniyeva davlatimiz tomonidan qanday mukofotlar bilan taqdirlangan?
A) “El-yurt hurmati”
B) “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni
C) “O’zbekiston Qahranomi” unvoni
D) Barcha javob to’g’ri
15. Sen taqdiri azalni emas, avvalo o’zingni yengishga harakat qil. Dunyoni tartibga solishga urunma. Eng avvalo o’z istagingni boshqara bil. Ushbu so’zlar kimga tegishli?
A) Rens Dekard
B) Ahmad Yugnakiy
C) Vektor Pak
D) Belkin Pak
16. Inson fe’l-atvorining shakllanishida ayniqsa, ………….?
A) Ta’limning ta’siri nihoyatda katta;
B) Tarbiyaning ta’siri nihoyatda katta;
C) Ma’naviyatning ta’siri nihoyatda katta;
D) Ijodning ta’siri nihoyatda katta;
17. Yaxshi fe’l atvor bilan yashagan inson o’zining yomon qiliqlaridan saqlanadi. Ushbu so’zlar kimga tegishli?
A) A.Yugnakiy
B) A.Avloniy
C) A.Fitrat
D) A.Cho’lpon
18. Buxorodagi Minorai Kalonning balandligi qancha?
A) 44,5 metr
B) 45,5 metr
C) 46,5 metr
D) 47,5 metr
19. ”Kaloming belgilar kamoling” degan hikmatni qaysi xalq donishmandlari aytgan?
A) Sharq donishmandlari;
B) G’arb donishmandlari;
C) Yunon faylasuflari;
D) To’g’ri javob yo’q.
20. Harvard universiteti tadqiqotlariga ko’ra, odamning ishga kirishi yoki ishda mavqeyi ko’tarilishida fe’l atvorning o’rni necha foiz?
A) 80 foiz      
B) 85 foiz      
C) 90 foiz     
D) 95 foiz

Смотреть все