Toshkent shahar Yunusobod tuman 327-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

10-sinflarga O'zbekiston tarixi fanidan yakuniy nazorat ishi testlari

I-variant
1. KPSS siyosiy partiya sifatida qachon o‘z faoliyatini to‘xtatdi?
A) 1991-yil 29-avgustda                     
B) 1992-yil 28-avgustda     
C) 1991-yil 1-sentyabrda                         
D) 1992-yil 29-avgustda   
2. Qachon SSSR davlati xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi?
A) 1991-yil 25-dekabrda                    
B) 1991-yil 29-avgustda       
C) 1992-yil 28-avgustda                       
D) 1991-yil 1-sentabrda   
3. Qachon Farg‘ona vodiysining O‘sh va O‘zgan shaharlarida (qo‘shni  Qirg‘iziston hududida) qirg‘izlar bilan o‘zbeklar o‘rtasida etnik mojaro kelib chiqdi?  
A) 1989-yil mayda                                 
B) 1990-yil iyunda
C) 1991-yil aprelda                                
D) 1991-yil iyulda  
4. Internatsionalizm – bu    
A)  xalqlar va ijtimoiy guruhlarning millatlar ozodligi, mustaqilligi, huquqiy tengligiga asoslangan birdamlik va o‘zaro hamkorlik tamoyili.
B) (ajratmoq, yakkalamoq) kazarma, lager, yuqumli kasal saqlanadigan va shu kabi vaqtincha ajratib qo‘yiladigan alohida xona, joy. 
C) (taqsimlamoq) mag'lub davlatning boyliklarini taqsimlab olmoq. 
D) bo’lib tashlamoq. Mag’lub davlatning hududlarini bo’lib olish
5. Qayta qurishning qaysi bosqichida jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi?
A) birinchi              
B) uchinchi                
C) ikkinchi                   
D) to’rtinchi
6. 1985 – 1990-yillarda O‘zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo‘yicha jami  qancha kishi soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi? 
A) 3000 nafar kishi                                   
B) 5000 nafar kishi
C) 40000 nafar kishi                                 
D) 4000 nafar kishi 
7. 1982 – 1984-yillarda Sovet Ittifoqiga kim rahbarlik qildi?
A) Yuriy Andropov                               
B) Vladimir Agaev
C) Konstantin Chernenko                          
D) Mixail Gorbachyov
8. Zaxarlik darajasi yuqori bo’lgan kimyoviy modda – butifos g’o’zani defoliatsiya qilish ( bargini to’kish ) uchun O’zbekistonda necha yil davomida ishlatildi?
A) 10 yil               
B) 15 yil                     
C) 20 yil                 
D) 25 yil 
9. Orolbo’yida sariq kasalligi necha marotaba ortdi ?
A) 6 marta            
B) 7 marta                  
C) 8 marta              
D) 9 marta 
10. Paxtachilik va chorvachilik 1980-1985- yillarda har yili necha mln rubildan ortiq zarar ko’rdi?
A) 10 mln rubil                                        
B) 15 mln rubildan ortiq
C) 20 mln rubil                                      
D) 30 mln rubildan ortiq 
11. Jarqo’rg’on, Qorovulbozor, sariqtosh gaz konlari nechanchi yil ochilgan?
A) 1960-yil                     
B) 1950-yil                   
C) 1951-yil          
D) 1970-yil 
12. Murintov oltin koni qachon ishga tushirilgan?
A) 1951-yil                   
B) 1955-yil                       
C) 1960-yil                
D) 1961-yil 
13. XX asr 70-80–yillarida O’zbekistonda yer osti konlaridan taxminan necha dollar baxolik foydali qazilma olingan ?
A) 5 mlrd dollor                                
B) 5,5 mlrd dollor 
C) 6 mlrd  dollor                                   
D) 6,5 mlrd dollor 
14. 26.Partiya nomenklaturasi nima?
A) partiyani faqat slavyan va arman millatiga mansub shaxslar boshqarishi
B) partiyadagi ko’pchilikning rus millatiga mansubligi
C) partiya organlari bilan kelishib tayinlanadigan lavozimlar
D) joylarda partiya nomidan ish ko’radigan boshqarmalar
15. Yodgor Nasriddinova qayerda tug’ilgan?
A) Qo’qon          
B) Jizzax                    
C) Andijon                
D) Xorazm
16. Sharof Rashidov O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga qachon saylandi?
A) 1977-yil noyabr                                              
B) 1966-yil aprel
C) 1959-yil 15-mart                                 
D) 1977-yil 7-oktabr
17. 1959-yilda respublika aholisi tarkibida o’zbeklarning salmog’i …….. bo’lsa ham undagi o’zbek ishchilarining miqdori atigi ……… ni tashkil etgan.
A) 63 % ; 28           
B) 80 % ; 59 %        
C) 62 % ; 43 %                    
D) 65 % ; 40 %
18. Urushdan keyin rahbar lavozimlarga O’zbekistonga Moskvadan yuborilgan vakillar asosan qaysi xalq vakillaridan iborat bo’lgan?
A) slavyan va armanlar                                    
B) skandinav va gruzinlar
C) tatarlar va ruslar                                      
D) ruslar va chechenlar
19. Nuritdin Muhitdinov (1) va Sobir Kamolov (2) qayerda tug’ilgan?
A) 1-Qo’qon; 2-Marg’ilon.                                  
B) 1-Marg’ilon; 2-Samarqand. 
C) 1-Samarqand; 2-Buxoro.                                 
D) 1-Marg’ilon; 2-Toshkent.
20. 1950-aprelda Usmon Yusupov o’z vazifasidan ozod qilinib, Moskvada qanday lavozimga tayinlandi?
A) SSSR tashqi ishlar ministri.                            
B) SSSR ichki ishlar ministri. 
C) SSSR paxtachilik ministri.                            
D) KPSS Markaziy Qo’mitasi kotibi.
21. 1946-yili respublikada qancha maydon faqat paxta ekish uchun bo’shatildi?
A) 779 000 gektar.                             
B) 218 000 gektar. 
C) 850 000 gektar.                             
D) 160 000 gektar.
22. Bazasida Toshkent traktor zavodi (TTZ) barpo etilgan zavod qachon ishga tushirilgan?
A) 1969-yili                    
B) 1948-yili                  
C) 1949-yili                  
D) 1961-yili
23. SSSR Xalq Komissarlari Soveti raisi I.V.Stalinning nechinchi yildagi qarori asosida O‘zSSR FA tashkil topdi? 
A) 1943-yil 4-noyabrda                                            
B) 1944-yil 4-dekabrda;  
C) 1945-yil 18-noyabrda                                           
D) 1943-yil sentyabrda
24. 1941-yil yozida qayerda 19-O‘zbek tog‘-otliq diviziyasi qayta tuzilib, uning asosida 221-motorlashtirilgan diviziya tashkil qilindi. 
A) Samarqandda          
B) Toshkentda                   
C) Buxoroda              
D) Andijonda
25. O‘zbekiston Ittifoqning asosiy jangovar aslahaxonalaridan biri sifatida (a)samolyot, (b)minamyot, (c)snaryad frontga yetkazib berdi?
A) a-1000 dan ortiq, b-52 mln dona, c-500 000 dona
B) a-2000 dan ortiq, b-22 mln dona, c-500 000 dona
C) a-1500 dan ortiq, b-30 mln dona, c-500 000 dona
D) a-2500 dan ortiq, b-24 mln dona, d-400 000 dona
 
 
II-variant
1. G‘arb va Sharq san’ati, o‘tmish va zamonaviy uslublar, folklor va ommaviy madaniyat elementlarini o‘zida jamlagan uslub qaysi?
A) abstraksionizm                                          
B) postmodernizm
C) pop-art                                                          
D) modernizm
2. Urushdan keyin adabiyot sohasida ko’pchilik asarlar qanday ruhda yozilgan edi?
A) fashistik, patsifistik                                     
B) realistik, patsifistik
C) realistik, antifashistik                                
D) antifashistik, patsifistik
3. XX asr fizika fanining "eng yorqin kashfiyoti sanalgan kashfiyot" nima?  
A) kosmosning zabt etilishi                            
B) integral sxemalarning yaratilishi
C) kompyuterning ixtiro qilinishi                 
D) lazerning ixtiro qilinishi
4. Olimlar nimani XX asrning so‘nggi 50 yili ichida qilingan eng mashhur ixtiro deb atadilar?
A) kosmosning zabt etilishi                           
B) integral sxemalarning yaratilishi
C) kompyuterning ixtiro qilinishi                    
D) lazerning ixtiro qilinishi
5. Ilmiy-texnik inqilob jahon iqtisodiyotini kapitalizmning qanday davriga olib chiqdi?
A) monopolistik davriga                                 
B) imperialistik davrida    
C) postindustrial davriga                               
D) industrial davriga 
6. 1957-yil 4-oktabr kuni yuz bergan voqeani aniqlang:
A) qurollanish poygasi kosmos  sohasiga ko’chdi,    
B) Sovet Ittifoqi dunyoda birinchi Yerning sun’iy yo’ldoshini uchirdi   
C) Yuriy Gagarin koinotga parvoz qildi, 
D) D. Kilbi va R.. Noys tomonidan yarim o’tkazgichli integral mikrosxemalar yaratildi
7. Qachondan Chilida Diktatura davri tugaydi? 
A) 1970-yili                 
B) 1973-yili                       
C) 1989-yili                
D) 1990-yili 
8. 1958-yili qaysi davlat sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo‘ yicha Lotin Amerikasida birinchi o'ringa chiqadi? 
A) Kuba                  
B) Chili                 
C) Argentina                  
D) Meksika 
9. Afg’onistondagi 1977-yilgi konstitutsiyaga ko’ra kim umrbod prezident deb e’lon qilindi?
A) Zohirshoh                                                         
B) Muhammad Dovud           
C) Muhammad Karzay                                         
D) Tarakiy
10. Abdul Qodir boshchiligidagi harbiy davlat to’ntarishi qachon o’tkazildi?
A) 1976-yil                     
B) 1977-yil             
C) 1978-yil                      
D) 1979-yil
11. “G’aroyib bolalar” romanining muallifi kim?
A) Drayzer                  
B) M. Tven                 
C) Aziz Nesin            
D) S. Yesenin
12. Qanday omil yangi Pokiston davlatining siyosiy va iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga halaqit berdi?
A) Diniy va hududiy mojorolar
B) Hindistondan ommaviy aholining ko’chib kelishi
С) Mamlakatda ishsizlik sonining keskin oshib ketishi
D) Hokimiyat uchun turli guruhlarning kurash olib borishi
13. Pokistonda harbiy to’ntarish qachon ro’y berdi?
A) 1966 yil          
B) 1970 yil        
С) 1977 yil            
D) 1988 yil
14. Qachondan boshlab Xitoy g`arb mamlakatlari bilan yaxshi munosabatlarini yo`lga qo`ya boshladi?  
A) 1950-yillardan                                       
B) 1960-yillardan   
C) 1970-yillardan                                  
D) 1980-yillardan
15. XX asrning 80-yillaridan boshlab Xitoyning qaysi davlat bilan aloqalari yaxshilana boshlandi?    
A) Yaponiya                    
B) Hindiston               
C) AQSh                
D) SSSR
16. 1980-yillardan Yaponiyada nechta texnopolislar tashkil qilindi?
A) 29 ta               
B) 26 ta                  
C) 27 ta                    
D) 23 ta
17. Qaysi davrdan Janubiy Koreyada og‘ir sanoat, avvalo, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati rivojlantirildi?
A) 1970-yillar             
B) 1960-yillar             
C) 1980-yillar             
D) 1990-yillar
18. Defitsit bu……
A) chegara viloyat                                            
B) terror 
C) taqchillik yetishmaslik                              
D) qoida isbot
18. XX- asrning 80-yillarida qaysi davlatda mafiya aholiga dahshat solidi, uni qo’rqitadi, talonchilik qiladi doimiy pul to’lab turgan boylarning xavsizligini ta’minlaydi?
A) Fransiyada               
B) Italiyada             
C) AQSh da             
D) Germaniyada   
19. GFR NATO ga a’zo bo’lishidan necha yildan keyin Yevropa iqtisodiy hamkorligini tuzish to’g’risidagi Rim shartnomasi imzolanilgan edi?
A) 5 yildan so’ng                                               
B) 10 yildan so’ng
C) 4 yildan so’ng                                             
D) 2 yildan so’ng
20. 1968-yil mayda Parijda qanday namoyishlar bo’lib o’tdi?
A) Talabalarning       
B) Ishchilarning      
C) Harbiylarning          
D) Ziyolilarning
21. Fransua Mitteran qachon Fransiya prezidenti etib saylandi?
A) 1980-yillarda                                 
B) 1970-yillar oxirida   
C) 1960-yillar boshida                         
D) 1990-yillar boshida
22. 1991-yil 8-dekabr kuni Minsk shahrida Rossiya, Ukraina, Belorussiya rahbarlari …..yilgi Ittifoq shartnomasini bekor qilib, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qildi ?
A) 1922                  
B) 1923                      
C) 1924                   
D) 1925
23. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)  qachon tuzildi ? 
A) 1994-yil 8-dekabr.                             
B) 1993-yil 8-dekabr. 
C) 1992-yil 8-dekabr.                                
D) 1991-yil 8-dekabr
24. Qachon qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari ancha susaydi?
A) 1950-yillar boshlarida                             
B) 1950-yillar o‘rtalarida
C) 1950-yillar oxirlarida                             
D) 1960-yillar boshlarida  
25. Qachon bo‘lib o‘tgan KPSS MK Plenumi uni bir qator xato va kamchiliklarda ayblab, lavozimlaridan ozod qildi?
A) 1964-yil may                 
B) 1964-yil iyul      
C) 1964-yil avgust       
D) 1964-yil oktabr

Смотреть все