Toshkent shahar Yunusobod tuman 327-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

11-sinflarga Huquq fanidan yakuniy nazorat ishi testlari

1. Quyidagilardan 14 yoshga to‘lgan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan qaysi jinoyatlar uchun javbgarlik belgilangan?
1. o‘z xizmat vazifasini suistemol qilish
2. odam o‘g‘rilash
3. buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarish
4. ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qochish
5. transpot vositasini olib qochish
A) 1, 2, 3, 4, 5;
B) 1, 3, 4, 5;
C) 3, 4, 5; 
D) 2, 4, 5; 
2. Konstitutsiyada e’lon qilingan  ma’naviy qadriyatlarni ko‘rsating. 
A) ezgulik va adolatga ishonch
B) insonparvarlik
C) inson huquq va erkinliklarining ustivorligi.
D) A, B 
3. Davlat suvereniteti belgilarini ko‘rsating
1. hudud;
2. yagona Qurolli Kuchlar;
3. davlat tili;
4. federatsiya subektalarining konstitutsiyalari
5. davlat ramzlari
A) 1,2,3,4,5;
B) 1,2,3,4;
C) 1,2,3,5; 
D) 1,3,4,5;
4. Mamlakatning asosiy qonunida mustahkamlab qo‘yilgan O‘zbekistonning tashqi siyosati prinsiplarini ko‘rsating.
1. boshqa davlatlar suverentiteti tengligini hurmat qilish;
2. davlatning ichki ishlariga aralashmaslik;
3. kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik;
4. nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
5. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin emas;
A) 1,2,3;
B) 1, 2, 3 ,4; 
C) 1, 2, 4, 5;
D) 1, 3, 4, 5;
5. Xalqaro huquq-
A) xalqaro muloqat ishtirokchilari (subektlari) munosabatlarini tartibga solib turuvchi yuridik qoidalar majmuidir; 
B) Davlat boshqaruvi, ijroiya xokimiyat sohasi (hukumat faoliyati, ijroiya xokimiyatining boshqa organlari)da yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi;
C) Konstitutsiyaviy tuzim asoslarini, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mamlakatning davlat tuzilishini, Prezident,Oliy Majlis, hukumat, sud tizimi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining huquqiy maqomini mustahkamlab qo‘yadi;
D) tabiatni muhofaza qilish jarayonida yuzaga keladi, er, agrar, moliyaviy, ekalogiya sohalariga oid munosabatlarni tartibga soladi;
6. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi ishlarni yurituvchi davlat organlarini ko‘rsating.  
A) Prezident, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi
B) O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi
C) Milliy xavfsizlik idoralari
D) A,B, 
7. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qanday ega bo‘lish mumkin?
A) tug‘ilgan payitda
B) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishi natijasida
C) O‘zbekistonning xalqaro shartnomlari bilan nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra.
D) A,B,C 
8. Voyaga yetmagan shaxslar qanday hollarda to‘la mumomala layoqatiga ega bo‘ladilar?
1. sudning qarori bilan–emansiapsiya qilingach;
2. voyaga yetmaganlar to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lmaydilar;
3. 18 yoshga to‘lmasdan qonuniy nikohdan o‘tgan fuqaro, nikohdan o‘tgan vaqtdan boshlab to‘la muomala layoqatiga ega bo‘ladi;
4. voyaga yetmagan shaxslar biror bir tashkilot bilan mehnat shartnomasi tuzganlaridan so‘ng;
A) 1,2
B) 1,2,3 
C) 1,3
D) 1,4
9. Mehnat daftarchasi ishga birinchi marotaba kirishda ish boshlanganidan necha kun kechiktirmay to‘ldirilishi lozim?
A) 1 kun                     
B) 3 kun              
C) 5 kun      
D) 7 kun
10. Quyidagilardan kimlarga sinov muddati berish mumkin emas?
1. xomilador ayollarga;                      
2. 3 yoshgacha bo‘lgan farzandi bo‘lgan ayollarga;
3. muqobil xizmatni o‘tayotganlarga             
4. ko‘p bolali ayollarga
5. ma’muriyatning tashabbusi bilan boshqa ishga o‘tkazilgan xodimlarga;
6.  6 oy muddatga mehnat shartnomasi tuzgan xodimlarga
A) 1,2,3,4,6;               
B) 1,2,3,5,6;               
C) 1,2,4,5,6;               
D) 2,3,4,5,6;
11. Dam olish vaqti…
1. 2 soatdan ortiq bo‘lmagan tushlik
2. 12 soatdan kam bo‘lmagan kundalik dam olish vaqti;
3. dam olish kunlari, 5 kunlik ish kunida ikki kun, 6 kunlik ish kunida bir kun;
4. bayram kunlari;
5. yillik ta’tillar
A) 1,2,3,4,5;               
B) 1,2,4,5;                  
C) 1,3,4,5;                  
D) 1,2,3,5;
12. Quyidagilardan to‘g‘ri talqin qilingan javobni toping.
A) Konstiutsiyaviy sud sudyalari o‘z faoliyatlaridan mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadilar.
B) Konstiutsiyaviy sud sudyalari o‘z faoliyatlaridan mustaqil bo‘lib, faqat konstitutsiyaga bo‘ysunadilar. 
C) Konstiutsiyaviy sud sudyalari o‘z faoliyatlaridan mustaqil bo‘lib, faqat konstutsiyaga va qonunga bo‘ysunadilar.
D) Konstiutsiyaviy sud sudyalari mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadilar.
13. Quyidagilardan «diniy-ana’naviy» huquqiy oilasiga kiruvchi davlatlarni ko‘rsating.
1. Yaponiya.              
2. Ispaniya.                 
3. Indiya.                    
4. Avstraliya.              
5. Xitoy.
A) 1,3,4  
B) 1,2,3               
C) 1,3,5               
D) 1,2,3,4
14. Quyidagilardan «romana-german» huquqiy oilasiga kiruvchi davlatlarni qo‘rsating.
1. Germaniya              
2. Kanada       
3. Yaponiya   
4. Fransiya                  
5. Ispaniya.
A) 1, 2, 3, 4                
B) 1, 4, 5                    
C) 1, 3, 4                    
D) 1, 2, 5 
15. Quyidagi qaysi hukumat tizim sudlarni qonun chiqaruvchiga aylanishiga qarshi. 
1. romana-german;                
2. anglo-amerika;
3. kontenental;                       
4. diniy-ana’naviy
A) 1, 3 
B) 1, 2, 3                     
C) 3, 4                       
D) 1, 2, 3, 4 
16. O’zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi yuzasidan nazoratni kim va qaysi davlat organi amalga oshiradi?   
A) prokuratura organlari, ichki ishlar organlari, adliya vazirligi  
B) prokuratura organlari, sud organlari, adliya vazirligi 
C) O’zbekiston Respublikasi bosh prokurori va unga bo’ysinuvchi prokurorlar 
D) adliya vazirligi      
17. “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida”gi qonun qachon qabul qilingan?         
A) 1993-yil 29-avgust 
B) 1992-yil 2-iyul 
C) 1995-yil 12-iyul 
D) 1998-yil 15-mart  
18. Deklaratsiya so’zining ma'nosi nima.
19. Biror narsadan ozod qilish nima deyiladi.
20. Ish vaqti…..
21. Mehnat shartnomasini bekor bo‘lishiga ……..asos bo‘ladi.
22. Hokimiyatni muqaddas va ilohiy deb e’lon qilinishi davlat boshqaruvining qaysi shakliga mos. 
23. Konstitutsiyaning nechanchi boblariga o’qitilgan
24. «Davlat ishlarini to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat. Qolgan bir ulushi esa kuch bilan bajo keltirishni angladim» ushbu so‘zlar kimga tegishli?
25.  Xalqaro huquq nima. 
 
 
 

Смотреть все